14 jan 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/52312_220.jpg)
Meyvezerni jiddiy janglar o'tkazmaslikda ayblashdi
Engil vazn toifasida IBF va WBC yo'nalishlari chempioni Mayki Garsiya beshta vaznda sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerni aybladi.
Garsiyaning so'zlariga qaraganda, Floyd jiddiy janglardan qo'rqib, qochib, faqat pul ishlash yo'liga o'tib olgan.
“Meyvezerga jiddiy janglar qiziq emas. U shou maqomidagi janglarda ishtirok etib, pul ishlashda davom etadi. Floyd tavakkal qilishni istamaydi, aniqrog'i tavakkaldan qo'rqadi. Katta gonorarni haqiqiy janglar orqali ishlab topsa ham bo'ladi. Lekin buning uchun katta yurak kerak. Bu esa Meyvezerda yo'q!”, - dedi Garsiya.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer 31 dekabr kuni Yaponiyaning Saitama shahrida mahalliy 20 yoshli kikbokschi Tensin Nasukavani birinchi raundning ikkinchi daqiqasidayoq nokautga uchratgan edi. O'sha jang boks qoidalari asosida o'tkazilgandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar