03 jan 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezerning har bir aniq zarbasi 500 ming dollar!
Den Kanobbio ajoyib statistikani elon qildi.
Malumotda so'nggi o'n yillikning eng boy sportchisi Floyd Meyvezer o'tgan dekadada har bir aniq zarbasi uchun qancha ishlab olgani keltirilgan.
Floyd 2010-2017 yillar oralig'ida o'tkazgan janglarida jami 4270 ta zarba yo'llagan, ularning 1833 tasi manziliga aniq etib borgan. Ana shu janglar uchun amerikalik bokschi 915 million dollar ishlab olgan. Bu esa uning har bir aniq zarbasi 500 ming dollar turishini anglatadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar