25 mar 09:38
Yangiliklar
Tennis
Miami Open. 20 yoshli Kori Goff 1/8 finalga chiqdi
Dunyoning uchinchi raketkasi Kori Goff AQSHning Mayami shahrida davom etayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning nimchorak final ishtirokchisiga aylandi.
Amerikalik 20 yoshli iqtidor egasi uchinchi davrada WTA reytingida 84-pog'onada borayotgan franciyalik Osean Dodenni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/0. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Oltmish besh daqiqa davom etgan bahsda Goff 6, Doden 2 ta eys zarbasni amalga oshirgan. Qo'shxatolar Oseanda uch barobar ko'proq bo'ldi - 9 ga 3. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, Kori foydasiga - 5 ga 1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar