31 mar 14:39
Yangiliklar
Miami Open. 30 yoshli Daniel Kollinz bosh sovrin sohibasi!
Hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 53-o'rinni egallab turgan amerikalik Daniel Kollinz dunyoning to'rtinchi raketkasi, o'tgan yilgi turnir vice-chempioni, qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu ikki daqiqa davom etgan bahsda Kollinz nomdor raqibasini mag'lub etishni uddaladi - 7/5, 6/3.
Amerikalik tennischi o'zaro uchrashuvlarda ikkinchi bor Ribakinani taslim etdi - 2:3. Lekin umumiy ustunlik hamon Elena tomonida. Kollinz 4, Ribakina 5 ta eys zarbasini ijro etdi. Qo'shxatolar bo'yicha mutlaq ustunlik Daniel tomonida - 3 ga 0. Breyklardan foydalanish bo'yicha ham aynan u etakchi bo'ldi - 3 ga 1.
Etiborlisi, Kollinz faoliyatida ilk bor WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir chempioni bo'ldi. Miami Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 1000 reyting ochkosi hamda 1 million 100 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi. Ertaga elon qilinadigan haftalik yangi WTA reytingida u dunyoning 22-raketkasiga aylanadi. Yanvar oyida 30 yoshli Daniel o'zining katta tennisdagi so'nggi mavsumini o'tkazishini aytgandi.
Fikrlar