23 mar 17:21
Yangiliklar
Tennis
Miami Open. Aleksandrova Donna Vekichni mag'lub etdi
AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan Miami Open turnirida uchinchi davra ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning 16-raketkasi Ekaterina Aleksandrova musobaqaning ikkinchi davrasida WTA reytingida 34-o'rinni egallab turgan xorvatiyalik Donna Vekichni 6/3, 6/4 hisobida taslim etdi. Rossiyalik tennischi o'zaro uchrashuvlarda ham hisobda oldinga chiqib oldi - 3:2.
Sakson besh daqiqa davom etgan bahsda Aleksandrova 8, Vekich 4 ta eys zarbasni amalga oshirdi. Qo'shxatolar ikkala tennischida ham 6 tadan bo'ldi. Endi Ekaterina Mayami turnirining uchinchi bosqichida hamyurti Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar