01 apr 11:35
Yangiliklar
Miami Open. Juftlik turniri bosh sovrini AQSHda qoladigan bo'ldi
Ayollar o'rtasidagi musobaqaning juftlik bahslarida bosh sovrini amerikalik tennis malikalari Sofiya Kenin va Betani Mattek-Sendsga nasib etdi. Mezbonlar hal qiluvchi final uchrashuvida kanadalik Gabriela Dabrovski hamda Yangi Zelandiya vakilasi Erin Rutlif hamkorligini qiyinchilik bilan mag'lub etishdi - 4/6, 7/6(5), 11:9.
123 daqiqalik final statistikasi:
Kenin/Mattek-Sends - 0 eys, 3 ta qo'shxato, 2 ta breyk
Dabrovski/Rutlif - 3 ta eys, 1 ta qo'shxato, 3 ta breyk
Kenin faoliyatidagi to'rtinchi juftlik bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Mattek-Sendsda esa bu ko'rsatkich 30 tani tashkil etmoqda. Ular 1000 reyting ochkosi hamda 447,300 dollar mukofot puli qo'lga kiritishdi. Dabrovski va Rutlif esa ikki haftalik mehnatlaridan 650 ochko hamda 236,800 dollarga ega bo'lishdi.
Fikrlar