22 mar 11:36
Yangiliklar
Tennis
Miami Open. Kamilla Rahimova juftlik bahslarida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova Mayami WTA 1000 turnirining ikkinchi bosqichida ukrainalik Marta Kostyukka mag'lub bo'lib, yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunlagan edi.
Kecha vakilamiz neytral maqomdagi sportchi — Aleksandra Panova bilan hamkorlikda musobaqa juftlik bellashuvi doirasidagi 1/16 final bosqich uchrashuvida kortga chiqdi.
Turnirning ikkinchi raqamli tandemi - chexiyalik 42 yashar Katerina Sinyakova hamda AQSH vakilasi Teylor Taunsendga qarshi kechgan bahsda Rahimova/Panova juftligi 0:2 (2/6, 2/6) hisobida imkoniyatni boy berdi.
SHu tariqa, Kamilla Rahimova Miami Open turniridagi ishtirokini to'liq yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar