08 jan 11:45
Yangiliklar

Migel Kotto: “Agar Kanelo jang qilishni istasa, meni qaerdan topishni biladi”
Oqshomning markaziy jangida 4ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Migel Kotto (40-5, 33KO) amerikalik 32 yoshli Jeyms Kirklendga (32-2, 28KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Puertorikalik 36 yoshli Kottoning aytishicha, agar u Jeymsni mag'lubiyatga uchrat olsa, uning keyingi raqibi katta ehtimol bilan meksikalik Saul “Kanelo” Alvares bo'ladi.
“Agar Kanelo jang qilishni istasa, meni qaerdan topishni juda yaxshi biladi. 2015 yil o'tkazgan jangimizda men g'alaba qozongan edim. Hakamlar esa mendan o'sha g'alabani tortib olishgandi”, - dedi Kotto.
Malumot uchun, 2015 yilning noyabr oyida Saul “Kanelo” Alvares ochkolar hisobiga ko'ra Kottoni mag'lubiyatga uchratgandi. Migel aynan o'sha alamli mag'lubiyat uchun revansh olishni istayapti.
Fikrlar