22 sen 20:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Migel Kotto bu yil hisobidan boshqa jang o'tkazmaydi
Professional boksning to'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni puertorikalik 35 yoshli Migel Kotto (40-5, 33KO) katta ehtimol bilan bu yil boshqa jang o'tkazmaydi.
Bu haqda Roc Nation promouterlik kompaniyasi prezidenti Mark Yormark xabar berdi.
“Menimcha, Kotto bu yil boshqa jang o'tkazmaydi. Uning kelasi yili jang o'tkazishi foydaliroq bo'lardi. Jangga munosib tarzda hozirlik ko'rish kerak”, - dedi Yormark.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kotto shu yilning dekabr oyida amerikalik Timoti Bredli yoki Jeyms Kirklendga qarshi jang o'tkazishni rejalashtirgan edi.
Havola :
Fikrlar