04 dek 09:34
Yangiliklar
![](/upload/storage/23948_220.jpg)
Migel Kotto: “O'zimni oqlamayman, Ali g'alaba qozondi”
To'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni kecha Nyu-Yorkda amerikalik Sadam Aliga qarshi ringga ko'tarilib, ochkolar hisobiga ko'ra raqibiga yutqazib qo'ygandi.
“Men o'z ishtirokimdan qoniqish hosil qildim. Ettinchi raundda jarohat oldim, bu esa o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Sadam bu jangda g'alaba qozondi. Bu borada hech qanday etirozim yo'q. Hammaga barchasi uchun rahmat. Endi oilam davrasiga qaytaman”, – dedi Kotto.
Eslatib
o'tamiz, o'z vaqtida Migel Kotto o'zining chempionlik kamarini hamyurtimiz
Sidney-2000 Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullaevdan himoya qilgandi. Nyu-Yorkdagi
afsonaviy “Medison Skver Garden” arenasida o'tgan o'sha jang to'qqizinchi raundda
to'xtatilgan edi. Hamyurtimizning ko'zida “gematoma” yuzaga kelgani bois Kotto texnik
g'alabaga erishgandi.
Fikrlar