02 dek 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Migel Kotto va Sadam Ali taroziga chiqishdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Migel Anxel Kotto amerikalik Sadam Aliga qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu chempionlik jangi oldidan bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Unga ko'ra, 37 yoshli puertorikalik chempion 68,8, 29 yoshli Ali esa 69,4 kg tosh bosdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar