10 mar 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Migel Kottoning navbatdagi raqibi kim bo'ladi, Markesmi?
Professional boksning 4ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Migel Kotto (40-5, 33KO) o'zining navbatdagi jangini iyun oyida Nyu-Yorkda o'tkazishi mumkin.
Bu haqda Miguel Cotto Promotions promouterlik
kompaniyasi vice-prezidenti Brayan Peres xabar qildi. Puertorikalik 36 yoshli
bokschi 25 fevral kuni ringga chiqishi kerak edi. Lekin uning amerikalik raqibi Jeyms
Kirklend jarohati sabab bu jangdan bosh tortgandi.
Kottoning iyun oyidagi raqibi katta ehtimol bilan 4ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni 43 yoshli Xuan Manuel Markes bo'ladi. Ammo, bu malumot hali rasman tasdiqlangani yo'q.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar