20 apr 15:04
Yangiliklar
Mikel Arteta: "CHempionlik uchun kurash tugamadi. Biz chempion bo'lishimiz mumkin"
"Kanonirlar" uzoq vaqt APLda katta farq bilan etakchilik qilib turgan bo'lsa-da, endi "Man Siti"dan atigi 3 ochko oldinda, shuningdek Gvardiola jamoasining bir o'yin zaxirasi bor.
"CHempionlik uchun kurash tugadimi? Yo'q, bizda 5 ta o'yin qoldi, ularda — 6 ta. Bizda hali ham uch ochkalik ustunlik bor. Oldinda yana ko'p o'yinlar bor.
Men bugun ham ishonaman, chopshanba kuni ham ishonaman, bir hafta oldin ham ishonganman, chunki o'yinchilarimni har kuni ko'ryapman. Men bizning darajamizni bilaman. Hali hamma narsa oldinda, biz buni qanchalik qattiq xohlayotganimizni bilamiz. Biz to'xtamaymiz. Biz chempionlikni yutishga qodir ekanligimizga to'liq ishonamiz. Biz buni allaqachon isbotlaganmiz.
Bugun biz yana bir bor qanday jamoa ekanligimizni ko'rsatdik. Hamma narsa bizning qo'limizda va chempionlikni qo'lga kiritish mumkin", — dedi Arteta.

Fikrlar