04 okt 11:21
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				 
				
			 
				Mikel Arteta Sakaning jarohati haqida fikr bildirdi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta kecha jarohat olib, maydoni tark etgan Bukayo Saka haqida fikr bildirdi.
			“Saka birinchi bo'limda tovoni bilan zarba yo'lladi va og'riq his qildi. Bu mushaklar bilan bog'liq. Unga bu noqulaylik tug'dirdi va shu sababli uni alishtirdik. Zaxira olinishga arziydigan og'riq bo'lgan va shu sababli Saka maydoni tark etdi. Bu bizni xavotirga solmoqda. Hozircha, u keyingi bahsda ishtirok etadimi yo'qmi, buni ham bilmayman”,-dedi Mikel Arteta.
Kecha Saka “Lans”ga qarshi uchrashuvning 34-daqiqasida alishtirilgandi. Ushbu bahsda Mikel Arteta shogirdlari mehmonda 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.asia
             
			
Fikrlar