21 fev 14:19
Yangiliklar
Milan-Kortina-2026
Milan va Kortina-2026. Medallar jamg'arish bo'yicha vaziyat qanday?
SHu kunlarda Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampecco shaharlari qishki Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilyapti.
Xabar berganimizdek, XXV Qishki Olimpiadaning o'n ettinchi kuni ettita komplekt medallar (biatlon, konkida yugurish, fristayl (ski-kross, akrobatika, ski-xafpayp), short-trek va kyorling) jamlanmasi o'ynaldi.
Medallar jamg'arish bo'yicha hamon Norvegiya terma jamoasi katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Skandinaviyaliklar 17 ta oltin, 10 ta kumush, 10 ta bronza, jami 37 ta medal jamg'arib ulgurishdi. AQSH terma jamoasi jami 29 ta medalga ega: 10 ta oltin, 12 ta kumush, 7 ta bronza. Italiya terma jamoasi hisobidagi umumiy medallar soni 27 taga etdi. Mezbonlar 9 ta oltin, 5 ta kumush, 13 ta bronza medaliga ega bo'lib turibdi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar