14 fev 15:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Miller: "Joshua Nyu-Yorkni quruq qo'l bilan tark etadi"
Amerikalik Jarrell Miller Entoni Joshuaga qarshi jang haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Joshua bu erga kelishga qaror qilib katta xatoga yo'l qo'ydi. U mening hududimda g'alaba qozonishga ishonmoqda. O'zi haqida AQSHdagilarga ham malum qilib qo'ymoqchi. U menga kamarni olib keladi va quruq qo'l bilan Nyu-Yorkni tark etadi. Bu jang haqida men umrbod orzu qilaman. 1 iyun kuni men superog'ir vazn toifasida chempion bo'laman. Ayni paytda Joshua mening yo'limda turibdi va men uni yo'ldan olib tashlayman", - dedi Miller.
Eslatib o'tamiz, Miller va Joshua o'rtasidagi jang 1 iyun kuni "Medison Skver Garden" arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar