So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

09 mar 09:38
Yangiliklar

Futbol

Minus 10 ochko: Xitoy chempionatida 13 ta klub jazolandi

Teglar :  Xitoy
Xitoy futbol chempionatida yangi mavsum boshlanishidan taxminan bir yarim oy oldin katta jazolar elon qilingandi.

Jami 13 ta klub turli qonunbuzarliklar sababli ochkolardan mahrum etilgan. Ulardan 9 tasi oliy ligada, yana 4 tasi birinchi ligada ishtirok etadi. Unga ko'ra, ko'plab jamoalar yangi mavsumni manfiy ochkolar bilan boshladi.

Bu qarorlar shartnoma o'yinlari, qimor o'yinlari va korrupciyaga qarshi olib borilgan tekshiruvlar natijasida qabul qilingan. Xitoy futbol associaciyasi malumotiga ko'ra, jazolar “noqonuniy kelishuvlarning hajmi, xarakteri, og'irligi va jamiyatga tasiri”ni hisobga olgan holda belgilangan.

Jazolar faqat ochkolarni olib tashlash bilan cheklanmagan. Klublarga katta miqdorda jarimalar ham solingan. Jarimalar 200 mingdan 1 million yuangacha bo'lib, bu taxminan 120 ming evro atrofida degani.

Tekshiruvlar davomida futbol tizimidagi korrupciya bilan bog'liq ko'plab shaxslar ham jazolandi. Jami 73 nafar inson futbol faoliyatidan umrbod chetlatildi. Ular orasida Xitoy futbol associaciyasining sobiq prezidenti CHen Syuyyuan ham bor. U 2024 yilda pora olish aybi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. SHuningdek, Xitoy milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Li Te ham futboldan umrbod chetlatilgan.

Xitoy futbolida korrupciya bilan bog'liq muammolar avval ham kuzatilgan. 2010-yillar o'rtasida ham keng ko'lamli tekshiruvlar o'tkazilib, o'nlab futbolchilar, hakamlar va rasmiylar jazolangan edi. Ayrim klublar katta jarimalarga tortilgan, ko'plab shaxslar esa umrbod diskvalifikaciya qilingan.

Ayrim tahlilchilar bu muammolarni mahalliy futbolchilarning past maoshlari va maoshlarning kechikib to'lanishi bilan bog'laydi. Ilgarigi yillarda ayrim futbolchilar oyiga juda kam maosh olgani va muhim o'yinlar oldidan katta pul takliflari tushgani haqida malumotlar ham bo'lgan.

Hozirgi qarorlar Xitoy futbolini tozalash va musobaqalarning adolatli o'tishi uchun qabul qilingani aytilmoqda. Yangi mavsum boshlanishidan oldin jamoalar turnir jadvalida manfiy ochkolar bilan start oldi va bu chempionatdagi raqobatga ham jiddiy tasir qilishi kutilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing