14 may 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Miochich nokaut evaziga UFC chempionlik kamarini saqlab qoldi
Hozirgina AQSHning Dallas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 211 shousi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida ushbu yo'nalish chempioni Stipe Miochich hamda davogar Junior dos Santos o'rtasida bo'lib o'tdi.
Jangni faol boshlagan Miochich o'ng qo'lda berilgan kuchli zarba va buning natijasida parterdagi ustunlik evaziga raqibini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan Miochich UFC chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar