31 mar 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA

"Mir Boksa" prezidenti Toshkentga kelmoqda
"Humo Arena"dagi professional boks oqshomi munosabati bilan dunyo boksining bir qator rasmiy shaxslari yurtimizga tashrif buyurmoqda.
Bugun yarim tunda, aniqrog'i soat 02:00 da (31 martdan 1 aprelga o'tar kechasi) Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy yurtimizga etib keladi.
Biroz avval xuddi shu vaqt va manzilda AIBA prezidenti Umar Kremlyovning ham kutib olinishi haqida xabar bergan edik. Bokschilarimiz aynan "Mir Boksa" kompaniyasi bilan hamkorlik qilishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar