20 apr 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Miraziz Mirzahalilov: "Asosiy raqibimiz qozog'istonlik bokschilar!"
-56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Miraziz Mirzahalilov Osiyo chempionatidagi ilk jangi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bangkok shahrida Osiyo chempionatida munosib ishtirok etish uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Nasib qilsa, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishga harakat qilamiz. Asosiy raqiblarim Qozog'iston, Tailand va KXDR davlatidan kelgan bokschilar bo'ladi. Ular ham ushbu musboaqaga qattiq tayyorgarlik ko'rib kelishgan.
Maqsadim - barcha raqiblarimni mag'lub etib, O'zbekiston bayrog'ini yuksaklarga ko'tarish va yurtdoshlarimiz ishonchini to'liq oqlash!", - dedi Mirzahalilov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar