17 sen 19:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Miraziz Mirzahalilov: Nasib qilsa yurtimizga oltin medal bilan qaytaman
Jahon chempionatida -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Miraziz Mirzahalilov 1/16 finalda braziliyalik bokschi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jahon chempionatidagi ilk jangimni braziliyalik bokschiga qarshi o'tkazdim. U kuchli sportchi ekan. Ammo shunga qaramay, qattiq kuch sarflamadim. Navbatdagi marokashlik raqibimni jangini ko'rdim, o'rgandim, murabbiyim bilan birga tahlil qildik. Nasib qilsa kelasi jangni ham g'alaba bilan yakunlaymiz.
Har bir jangga finalga chiqqandek chiqaman va nasib qilsa yurtimizga oltin medal bilan qaytaman. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat", - dedi Miraziz Mirzahalilov.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar