22 apr 13:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirazizbek chorak final jangida ringga ko'tarildi
Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionatining to'rtinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Hozirgina -56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan charm qo'lqop ustamiz Mirazizbek Mirzahalilov chorak final jangini o'tkazdi. Bokschimiz tailandlik CHatchai Budtega qarshi ringga chiqdi.
Murosasiz kechgan uch raundlik jang yakunida Mirzahalilov raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi. Jang davomida bir necha marotaba shifokorlar mezmbon bokschiga tibbiy yordam ko'rasatishdi. Miraziz ilk davrada qirg'izistonlik Almanbet Alibekovdan ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar