So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

26 noy 19:05
Yangiliklar

Futbol

Mirjalol Qosimov: "Bunday katta nomlarni katta pul berib ham olib kela olmaysiz"

Osiyo chempionlar ligasi 5-tur OKMK - "Al Ittihod" bahsidan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va futbolchi Mirjamol Qosimov ishtirok etishdi.

- Ertaga Olmaliq uchun tarixiy kun. Nufuzli jamoa Olmaliqqa tashrif buyurmoqda. Bizda hech qanday bosim yo'q, bunga sabab keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimiz yo'q. Biz har doim Olmaliqqa chempionlar ligasini olib kelamiz deb niyat qilar edik. Mana shu kunlar keldi, to'g'ri guruhdan chiqa olmadik, ammo Osiyoning top jamoalarini Olmaliqqa olib keldik va ertaga ularga qarshi maydonga chiqamiz. Guruh bosqichidagi o'yinlarimiz bizga katta tajriba bo'ldi.

Mirjamol Qosimov: - Ertaga katta o'yinda ishtirok etamiz. Qiziqarli o'yin bo'lishi aniq. Ertaga muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Jarohatidan forig' bo'lmagan va ertaga jamoaga yordam bera olmaydigan futbolchilar bormi?

- Jarohatlar bor. Ruben va Gadoev ertaga bizga yordam bera olmaydi. Komilov esa qizil kartochka sabab uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Bu futbol, ertaga baribir kuchli raqibga qarshi 90 daqiqa o'ynashimiz kerak.

- Jamoani bir o'yinga yaxshi tayyorlay olishingizni bilamiz. OCHLdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokimizga qaramay ertaga katta jamoaga qarshi o'ynaysizlar. Katta nomlarga qarshi kuchli o'yin namoyish etish uchun qo'shimcha motivaciya yoki mukofot pullari vada qilindimi?

- Bizda kutilmagan holat ro'y berdi. Zich taqvim sabab jarohatlarimiz soni ko'payib ketdi. Asosiy maqsadimiz muxlislarni xursand qilish. Bunday katta futbolchilarni pul berib ham O'zbekistonga olib kela olmaysiz. Biz ushbu vazifani uddaladik.+

- Ertaga Benzemani qo'riqlash vazifasini qaysi futbolchiga topshirdingiz.

- Jamoam ochiq futbol tarafdori. Ertaga stadionga ko'p muxlislar kelishi kutilmoqda va yopiq o'yin ko'rsatish noto'g'ri bo'ladi. Benzema katta futbolchi va jamoaviy o'yin namoyish etib uni to'xtatishimiz mumkin.

- "Al Ittihod"ga qarshi futbolchilar qanday tayyorgarlik ko'rishdi. Bu oddiy chempionat doirasidagi o'yin emas masalan.

Mirjamol Qosimov: - Osiyo chempionlar ligasida o'ynashning o'zi katta orzu. Biz ertaga yigitlar bilan birdam bo'lib yaxshi o'yin namoyish etishni maqsad qilganmiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing