08 may 09:54
Yangiliklar
Tennis
Mirra Andreeva Rim WTA 1000 turniri ilk davrasidayoq yutqazib qo'ydi
Italiya poytaxti Rim shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Dunyoning 40-raketkasi bo'lib turgan Mirra Andreeva kutilmaganda ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi. Rossiyalik 17 yoshli iqtidor egasi WTA reytingida 126-pog'onada borayotgan ispaniyalik Paula Badosaga yutqazib qo'ydi - 2/6, 3/6.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. To'qson to'rt daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Badosada ko'proq bo'ldi - 4 ga 2. Andreeva 2, Paola 5 ta breyk qayd etdi. Endi ispaniyalik tennis malikasi ikkinchi davrada amerikalik Emma Navarroga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar