09 okt 11:02
Yangiliklar
Futbol

Misr o'z tarixida to'rtinchi bor JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Misr tarixda 4-marta va shu bilan birga 2018 yilgi Jahon chempionatidan so'ng ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi.
Misr terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Hussam Hassan boshchiligidagi jamoa saralash bosqichida Jibuti termasini yirik hisobda (3:0) mag'lub etdi va Amerika qitasida o'tkaziladigan turnirda qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.
Muhammad Saloh boshchiligidagi jamoa masalani oxirgi turdan oldin hal qildi. Misr tarixda to'rtinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadi. Avvalgi chiqishlari 1934, 1990 va 2018 yillarda bo'lgan edi. Saloh uchun esa ushbu Jahon chempionati ikkinchisi bo'ladi.
Havola :
Fikrlar