11 dek 10:31
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Mixail Kleshko Jahon chempionatida O'zbekiston rekordini yangiladi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida kichik havzada suzish bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Mixail Kleshko ishtirok etdi.
100 metrga chalqancha usulda suzish dasturida qatnashgan yurtdoshimiz saralashda 54.84 soniya natija qayd etib, mazkur yo'nalishdagi mamlakat rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi. Biroq bu ko'rsatkich suzuvchimizga yarim final yo'llanmasi uchun kamlik qildi. Endi u 12 dekabr kuni mazkur usulda 50 metr masofaga kechadigan bahslarda o'z omadini sinab ko'radi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar