08 iyu 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

MMA. Anvar Boynazarov ertangi jangi oldidan vazn o'lchash marosimida qatnashdi
Ertaga aralash qoidalar jangchimiz Anvar Boynazarov Xitoyda navbatdagi jangini o'tkazadi.
Avvalroq, mukofot jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi M-Legend turniridagi jangi bir oy keyinga qoldirilgani haqida xabar qilgandik.
Ertaga u turnir doirasida emas, professional jang oqshomi doirasida tashkil qilinadigan to'qnashuvda ishtirok etadi.
Anvarning jangi kechaning asosiy jangi maqomida bo'ladi. To'qnashuvda vakilimizga braziliyalik Marlon Ribeyro Dos Santos raqiblik qiladi.
Ushbu jang oldidan vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar