So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

27 noy 09:20
Yangiliklar

Boks/MMA

MMA jangchisi Murod Xonto'raev yana pichoqlandi

Teglar :  Xonto'raev
26 noyabr kuni Toshkent shahridagi Toshkent savdo markazi (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo'yicha jahon chempioni Murod Xonto'raev pichoqlab ketilgan.

Ayni vaqtda sportchi Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga joylashtirilgan. Huquq-tartibot organlaridagi manbaning tasdiqlashicha, ushbu holat bo'yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari olib borilishi ustidan prokuratura nazorati o'rnatilgan.

Murod Xonto'raev 21 iyuniga o'tar kechasi Yunusoboddagi tungi klubda ro'y bergan mojaro ishtirokchisi bo'lgan, u ko'krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. Keyinroq shifoxonadan miliciyaga so'roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi.

Sud uni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a» bandi («takroran yoki xavfli recidivist tomonidan bezorilik sodir etilishi») bo'yicha aybdor deb topgan («Osiyo ayig'i» laqabi bilan mashhur Murod Xonto'raev ilgari ham sudlangan).

Avvaliga unga 3 yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi. 12 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo'yicha Yakkasaroy tumani sudida Murod Xonto'raevga jarima tarzidagi jazoni qo'lladi. Sportchi eng kam ish haqining 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 so'm) to'lab, ozodlikka chiqdi.

Malumot uchun, Murod Xonto'raev 1987 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. U Toshkentdagi Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali uchinchi kurs talabasi ham hisoblanadi. Oilali va ikki nafar farzandi ham bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing