23 may 11:03
Yangiliklar
Boks/MMA

MMA jangchisi sevgilisini farzandining oldida vahshiylarcha o'ldirdi
Britaniyalik MMA jangchisi Endryu Vodsvort o'zining sobiq sevgili Meliss Belshouning qotiliga aylandi.
36 yoshli sportchi ayolning Uigandagi uyiga kelib, pichoq bilan tashlanib qolgan. Bu holatni ko'rgan Melissning 13 yoshli qizi ovozining boricha baqirgan. Ovozni eshitgan qo'shnilar tezda uyga yugurib kirib, sportchiga qarshilik qilishga harakat qilishgan.
Endryu esa ularni ham qattiq jarohatlagan. Hozirda jarohatlangan qo'shnilardan biri shifoxonada bo'lib turibdi. Uning holati ijobiy deya aytilmoqda. Meliss esa voqea joyida vafot etgan.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar