03 dek 07:37
Yangiliklar
Boks/MMA

MMAchilarimiz Moskvadagi turnirda g'olib bo'lishdi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida aralash qoidalar bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
MMA FMR Fighting Championship musobaqasida mezbonlardan tashqari O'zbekiston, Ozarbayjon, Afg'oniston, Tojikiston, Gruziya, Armaniston, Qirg'iziston davlatlaridan jami 26 nafar sportchi ishtirok etdi. Janglar 57, 61, 65, 70, 73, 77, 84 va 93 kg vazn toifalarida o'tkazildi.
Hamyurtlarimizdan 70.3 kg vaznda Sunnat Damidov hamda 93 kg vazn toifasidagi Bahodir Xolmurodov finalda jangsiz g'olib bo'lishdi. Ularning raqiblari gruziyalik Kverselav Tamaza hamda rossiyalik Mixail Xoxlov final jangida oktagonga chiqishdan bosh tortishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar