12 apr 07:54
Yangiliklar
![](/upload/storage/61918_220.jpg)
MMAchimiz finalda o'z yurtdoshi bilan jang qilishdan bosh tortdi
O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston va Qirg'iziston sportchilari o'rtasida o'tgan mazkur turnirda Abdulaziz O'tamurodov qirg'izistonlik raqibi Qodir Kurstan o'g'lini texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchratdi. Bekzod Nurmatov esa yana bir Qirg'iziston vakili Jakip Tuganbaevni ikkinchi raundda og'rituvchi usulni qo'llagan holda taslim qildi. SHu tariqa so'nggi hal qiluvchi final bosqichiga ikki hamyurtimiz yo'l oldi.
- Mazkur turnir qoidalariga muvofiq men va Bekzod final uchrashuvida o'zaro jang qilishga rozi bo'lmadik, - deydi A.O'tamurodov. - SHu bois musobaqa tashkilotchilari har birimizga “Batir bashi” IV etno turnirining kamarini taqdim etdi. Musobaqalarda g'alaba qozonishimda murabbiylarimning maslahati va qo'llab-quvvatlashi muhim omil bo'lmoqda. Kelgusida bundan ham yuqori natijalarga erishib, Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirishda bor kuchim va mahoratimni ishga solaman.
Fikrlar