05 may 19:47
Yangiliklar
Boks/MMA

MMAchimiz Qirg'izistondagi musobaqada kamar sohibiga aylandi
Qirg'izistonda aralash qoidalar jangi bo'yicha FCC turniri bo'lib o'tdi.
Mazkur xalqaro turnirda o'zbekistonlik sportchi Azamat Nuftillaev ham ishtirok etdi va chempionlik kamari sohibiga aylandi.
"Assalomu alaykum vatandoshlar. CHempionlik kamariga erishdim. Meni qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun barchaga rahmat aytaman. SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo'mondonligiga ham minnatdorchilik bildiraman", - dedi Azamat Nuftillaev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar