24 iyu 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Mojaroli MMA jangchisi Humoyun To'xtamurodov qaytmoqda. Uning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
27 iyul kuni Qozog'istonning Aktau shahrida MMA bo'yicha Naiza 64 turniri o'tkaziladi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Humoyun To'xtamurodov ham oktagonga ko'tariladi.
Unga turnir doirasida qozog'istonlik Andrey Mixaylov raqiblik qiladi. Bu haqda To'xtamurodov o'zining Telegram'dagi kanali orqali xabar berdi.
Malumot uchun, Humoyun To'xtamurodov shu kungacha 10 ta jang o'tkazib, ularning 7 tasida g'alaba qozongan, 3 ta jangda raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Mixaylov esa faoliyati davomida 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Avvalroq, To'xtamurodov tovlamachilikda ayblanib, uch oy muddat hibsga olingan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar