09 apr 12:48
Yangiliklar
Tennis
Monte-Carlo Masters. Cicipas yakuniga etmay qolgan uchrashuv g'olibi sifatida 2-davraga yo'l odi
Monakoning Monte-Karlo shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Dunyoning 12-raketkasi Stefanos Cicipas ilk davrada ATP reytingida 34-o'rinni egallab turgan serbiyalik Laslo Djerega qarshi kortga chiqdi. Birinchi set 6/3 hisobida greciyalik tennischi foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setning beshinchi geymidan keyin Laslo bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi mutlaq ustunlik Cicipas tomonda - 5:0. Ctefanosning ikkinchi davradagi raqibi bugun o'tkaziladigan chililik Nikolas Xarri va argentinalik Tomas Martin Etcheverri uchrashuvidan so'ng aniqlanadi.
Yakuniga etmay qolgan uchrashuv statistikasi:
Stefanos Cicipas - 3 ta eys, 2 ta qo'shxato, 3 ta breyk
Laslo Djere - 2 ta eys, 1 ta qo'shxato, 1 ta breyk
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar