10 apr 11:01
Yangiliklar
Tennis

Monte-Carlo Masters. Karlos Alkaraz gruntdagi 100-uchrashuvini o'tkazdi
Monte-Karlo Knyazligida davom etayotgan tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirda uchinchi davra ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz ikkinchi davra bahsida reytingning 22-pog'onasidan joy olgan argentinalik Fransisko Serundoloni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 6/0, 6/1.
Ispaniyalik tennischi o'zaro uchrashuvlarda ham oldinda bormoqda - 3:1. Bir soatu 39 daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 1, Serundolo 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik Karlos tomonida bo'ldi - 6 ga 2.
Etiborlisi, Alkaraz grunt qoplamali turnirlardagi o'zining yubiley 100-uchrashuvini o'tkazdi va 82-g'alabasini tantana qildi. Uning keyingi raqibi saralash turniridan asosiy to'rga yo'llanma olgan germaniyalik Daniel Altmayer bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar