10 apr 16:20
Yangiliklar
Tennis

Monte-Karlo. Daniil Medvedev deyarli uch soatlik uchrashuv o'tkazdi
Monte-Karlo "Masters" tennis turnirining ikkinchi davrasida dunyoning 11-raketkasi Daniil Medvedev qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.
Rossiyalik tennischi 2 soatu 49 daqiqa davom etgan bahsda ATP reytingida 39-o'rinni egallab turgan franciyalik Aleksandr Myullerni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(6), 5/7, 6/2.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Medvedev 7, Myuller 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Daniilda ko'proq bo'ldi - 8 ga 3. Breyklar bo'yicha ustunlik Medvedevda bittaga ko'p bo'ldi - 5 ga 4! Endi u Rokbryun-Kap-Marten turnirining uchinchi bosqichida avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar