13 apr 15:04
Yangiliklar
Tennis
Monte-Karlo "Masters" turniri 1/2 final juftliklari malum
Monakoning Monte-Karlo shahrida davom etayotgan "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirda 1/2 final juftliklari malum bo'ldi.
Mukofot jamg'armasi 5 million 950 ming 575 evroni tashkil etuvchi turnir bosh sovrini uchun Kasper Ruud, Yannik Sinner, Stefanos Cicipas hamda dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich bahs olib boradigan bo'ldi.
Monte-Karlo "Masters". 1/2 final juftliklari:
Novak Jokovich (Serbiya, 1) – Kasper Ruud (Norvegiya, 8);
Stefanos Cicipas (Greciya, 12) – Yannik Sinner (Italiya, 2).
Malumot uchun, Monte-Karlo "Masters" turnirining amaldagi g'olibi Andrey Rublyov hisoblanadi. Rossiyalik tennischi uchinchi davra uchrashuvida hamyurti Karen Xachanovga yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar