11 noy 08:46
Yangiliklar
Velosport
MOQ rahbariyati velosport bo'yicha terma jamoa rejalari bilan tanishdi
O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Kozim O'rinboyxo'jaev hamda shosse dasturida O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vladimir Starchik (Ukraina) MOQda mehmon bo'lishdi.
Ular Qo'mita rahbariyatiga terma jamoaning Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi xususida malumot berishdi.
Masullar suhbatda terma jamoa oldiga katta maqsadlar qo'yilgani, barcha yo'nalishlarda asosiy kontingent saralab olingani, sportchilarning yil davomida ishtirok etishi ko'zda tutilgan xalqaro musobaqalar haqida batafsil to'xtalib o'tishdi.
Qo'mita rasmiylari federaciya tomonidan bildirilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlab, uni yanada boyitish, xususan, selekciya yo'nalishlariga ham ahamiyat berish lozimligini takidlashdi. O'z navbatida, Sport vazirligi va MOQ federaciyalarga har tomonlama ko'mak berishi qo'shimcha qilindi.




Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar