04 fev 09:40
Yangiliklar
MOQ rahbariyati Xalqaro qilichbozlik federaciyasi Bosh kotibiga aylangan Gulnora Saidova bilan uchrashdi
Unda 14-16 fevral kunlari Toshkent shahrida o'tadigan rapira yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogiga olib borilayotgan tayyorgarlik, xalqaro tashkilot bilan hamkorlikning yangi bosqichlari va yurtimizda ushbu sportni yanada rivojlantirishga oid masalalar muhomaka qilindi.
Bugungi kungi kelib, bo'lajak musobaqada qatnashish uchun 15 davlatdan 69 nafar sportchi ro'yxatdan o'tkazilgan. Suhbatda terma jamoalar va FIE vakillari uchun qulay sharoitlar yaratish, turnirni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha qator masalalar ko'rib chiqildi.
SHuningdek, uchrashuvda 2027 yil poytaxtimizda o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik, FIE bilan yangi loyihalarni yo'lga qo'yish borasidagi rejalar ham muhokama qilindi.
Fikrlar