17 iyu 09:01
Yangiliklar
Futbol

Morata "Atletiko" bilan xayrlashdi. Hujumchi "Milan"ga o'tadi
Alvaro Morata Madridning "Atletiko" klubi bilan xayrlashdi.
Ispaniyalik forvard “Atletiko” rahbariyati, jumladan, prezident Enrike Sereso bilan xayrlashish uchun “Vanda Metropolitano”ga etib keldi. Keyin esa Morata murabbiylar va futbolchilar bilan xayrlashish uchun Madrid yaqinidagi Los Anxeles de San-Rafaelga yo'l oldi.
Tez orada hujumchi yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Milanga uchib ketadi. 31 yoshli ispaniyalik uchun "Milan" 15 million evro miqdorida tovon puli to'laydi.
Havola :
Fikrlar