09 iyu 11:39
Yangiliklar
Futbol
Mourinyu "Barselona" futbolchisini Turkiyaga olib kelmoqchi
"Barselona" vingeri Ansu Fati faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
21 yoshli futbolchini shaxsan Joze Mourinyu o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. SHu sababli "Fenerbaxche" ispaniyalik futbolchiga yaqin orada rasmiy taklif jo'natishni maqsad qilgan.
Eslatib o'tamiz, Fati o'tgan mavsum "Brayton"da ijarada harakat qilgandi. Uning Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt nashri futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Havola :
Fikrlar