26 fev 14:32
Yangiliklar
Futbol

Mourinyu "Galatasaroy" - "Fenerbaxche" o'yinidan keyin hakamlar xonasida bo'lgan suhbat tafsilotlarini oshkor etdi
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Galatasaroy" (0:0) bilan o'yindan keyin nima uchun hakamlar xonasiga borganiga izoh berdi.
"O'yindan keyin hakamlar xonasiga bordim. Men Slavko Vinchichga: "Bu erga kelib muhim o'yinni boshqarganing uchun rahmat," dedim. U erda turkiyalik hakam ham bor edi. Keyin unga o'girilib, "Agar bu o'yinni turkiyalik hakam boshqarganida, bu falokat bo'lardi," dedim," - dedi Mourinyu.
"Galatasaroy" Turkiya chempionati turnir jadvalida 24 o'yindan so'ng 64 ochko to'plagan holda peshqadamlik qilmoqda. "Fenerbaxche" ikkinchi o'rinda bormoqda, Joze Mourinyu jamoasi hisobida 58 ochko bor.
Havola :
Fikrlar