So’nggi yangiliklar

20:00Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларининг барча натижаси битта саҳифада 0 17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0

08 iyu 11:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Movsar Evloev - Aljameyn Sterling jangi o'tkazilmaydi

Sobiq UFC chempioni Aljameyn Sterlingning navbatdagi raqibi juda katta ehtimol bilan Movsar Evloev bo'lmaydi.

Bu haqda rossiyalik aralash yakkakurash ustasining o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi. 

"Uzoq davom etgan gap-so'zlar, muzokaralardan keyin Sterling oktyabr oyidan oldin tayyor bo'lmasligini aytdi. Men shunchaki o'tirib, uni kuta olmayman. Iyul oyidayoq jang qilishga tayyorman. Kim o'zini meni mag'lub eta olishiga ishonsa, o'shanga qarshi oktagonga chiqaman. Nahotki "vyzov"ni qabul qiladigan hech kim yo'q?", - dedi Evloev.

Avvalroq, har ikkala jangchi ham og'zaki kelishuvga kelgandi. Lekin keyinroq amerikalik aralash yakkakurash ustasi jarohatini davolab olishi uchun vaqt kerakligini aytdi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Movsar shu yilning yanvar oyida britaniyalik Arnold Allenni mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu uning UFC`dagi ketma-ket sakkizinchi g'alabasi bo'lgandi.  

Aljameyn Sterling esa shu yil aprel oyida yarimengil vazn toifasida debyut qildi. U Las-Vegasda o'tgan yubiley UFC 300 turnirida hamyurti Kelvin Kattarni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi. Ayni paytda Movsar Evloev UFC yarimengil vazn toifasi reytingining beshinchi, Aljameyn Sterling esa sakkizinchi pog'onasini band etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing