19 iyu 10:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Movsar Evloev UFC'dagi keyingi jangi uchun shartnoma imzoladi
Yarim engil vazn toifasida rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, UFC jangchisi Movsar Evloev navbatdagi jangi uchun kelishuvga erishganini xabar qildi.
"SHartnoma imzolandi, raqib ham rozi bo'ldi. Yarim engil vazn toifasida jahondagi eng yaxshi jangchi ekanimni vaqtning o'zi ko'rsatadi. Keyingi jangim eng yaxshisi bo'ladi. Yangicha usullar, yangi jamoa. Ko'rishguncha, yigitlar", deb yozdi sportchi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Malumot uchun, 30 yoshli rossiyalik MMA jangchisi ayni paytda UFC reytingida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Uning hisobida 18 ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : МатчТВ
Fikrlar