So’nggi yangiliklar

18:40Жо Роган: "Ислам Махачев шу якшанба куни фаолиятини якунлаши мумкин" 0 18:16Чирчиқ спорт мактаби боксчилари Ўзбекстон кубогида иккита медаль қўлга киритишди 0 17:45"Барселона" Родри трансфери бўйича "Манчестер Сити"га янги таклиф юборди 0 17:14UFC янги мега тадбирга тайёргарлик кўрмоқда 0 16:43President's Cup. Саккизинчи ракеткани мағлуб этган Султонов 1/4 финалга чиқди 0 16:12Махачев Илия Топуриянинг қайтишига ишонмоқда 0 15:48"Галатасарой" Бразилия терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзоламоқчи 0 15:16Собиқ UFC чемпиони Дэйвесон Фигередуга жанг тайинланди 0 14:51Дана Уайт саралаш шоусининг 10-мавсуми бошланди: тўрт жангчи UFC`дан шартнома олди 0 14:20Теремоана: "Ўзбекистонлик Олимпиада чемпиони мендан мушукдек қочиб юрган" 0 13:42"Барселона" футболчиси хочсимон боғламacи узилгани сабабли ярим йилга сафдан чиқди 0 13:17Йен Мачадо Гэрри: "Махачевнинг рақиблари меникичалик хавфли бўлмаган" 0 12:45President's Cup. Сергей Фомин ғалаба билан бошлади 0 12:12Дана Уайт UFC жангчисининг фожиали вафоти ҳақида илк бор фикр билдирди 0 11:46Гвардиола Моуриньо ҳақидаги сериалда ягона шарти бажарилмагани учун суратга тушмади 0

21 may 17:20
Yangiliklar

Velosport

“Mo'ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoni Xonoboddan start oldi

Teglar :  VelosportMo'ynoq
Velomarafonning dastlabki kunida ishtirokchilar 62 km masofani bosib o'tishadi

Avval xabar berganimizdek, bugun O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan “Mo'ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoniga start berildi.

Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Ekologik partiyasi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ekologik xayriya velomarafoni 5 iyunga qadar davom etadi.

Eslatib o'tamiz, ekologik xayriya velomarafonini o'tkazishdan ko'zlangan bosh maqsad – Orolbo'yi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash hamda ekologik muammolarga echim topishga qaratilgan.

Velomarafonga bugun soat 9:00da Andijon viloyati Xonobod shahridan start berildi. Ushbu tadbirda 100 nafarga yaqin velosportchi ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar bugun Xonobod shahridan yo'lga chiqib, Xo'jaobod va Buloqboshi tumanlari orqali o'tishadi va umumiy 62 km masofani ortda qoldirgan holda Farg'ona viloyatiga kirib borishadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing