24 fev 12:20
Yangiliklar
Muhammadali O'rinboev "Brentford" U-21 jamoasida debyut qildi
Futbolchimiz kecha klubning U-21 jamoasi safida debyut uchrashuvini o'tkazdi. "Reding" U-21 jamoasi bilan kechgan o'yinda "Brentford" 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Muhammadali O'rinboev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va kichik jarohat sabab 59-daqiqada o'z o'rnini Lisbiga bo'shatib berdi. Malumotlarga ko'ra, futbolchining jarohati jiddiy emas. Murabbiy o'yindan so'ng tezkorlik bilan tiklanish uchun dam berishga qaror qildi. O'yin davomida standart vaziyatlarni o'zbekistonlik to'p tepar amalga oshirdi.
Tanaffusdan so'ng yosh "asal arilar" hujumkorlikni kuchaytirdi. Bir vaziyatda O'rinboevning burchakdan oshirgan to'pini Xey boshi bilan darvozaga kiritishga urinib ko'rdi. Yakunda esa omad "Reding"ga kulib boqdi.
Fikrlar