04 sen 18:17
Yangiliklar

Muhsin Hisomiddinov 3 karra jahon chempioni!
Bugun musobaqaning so'nggi uchinchi kuni erkaklar og'ir, ayollar esa engil vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomini aniqlab berishdi. +100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhsin Hisomiddinov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, uch karra jahon chempioniga aylandi. U oltin medal uchun kechgan final bellashuvida eronlik Jafar Pahlavonijahardan ustun keldi.
Etiborlisi, bugun barcha 4 ta vazn toifasida ham o'zbekistonlik polvonlar jahon chempioniga aylanishdi. -100 kg vaznda Erkin Doniyorov, -48 kg vazn toifasida Mohinur Mo'minova, -52 kiloda esa Gulnor Sulaymonova oltin medal sohibiga aylandi.
Bugungi kun qahramonlari:
Erkaklar
- 100 kg vazn toifasi
1. Erkin Doniyorov (O'zbekiston)
2. Hamid Rashidi (Eron)
3. Ji Min Kim (Janubiy Koreya)
3. Xoang Duong Nguen (Vetnam)
+100 kg vazn toifasi
1. Muhsin Hisomiddinov (O'zbekiston)
2. Jafar Pahlavonijahar (Eron)
3. Kunatip Ye-On (Tailand)
3. Mbepa Gaulou Entoni (Kongo DR)
-48 kg vazn toifasi
1. Mohinur Mo'minova (O'zbekiston)
2. Erdenedalay Nurzedmaa (Mo'g'uliston)
3. CHia-Ven Cou (Xitoy Taypeyi)
3. Ayshirin Haydarova (Turkmaniston)
-52 kg vazn toifasi
1. Gulnor Sulaymonova (O'zbekiston)
2. Aynur Amanova (Turkmaniston)
3. Kyong Xa Li (Janubiy Koeya)
3. Cyu Yi Xang (Xitoy Taypeyi)
Fikrlar