14 sen 14:46
Yangiliklar
Murabbiy: "Agar Gerri biroz tajovuzkorroq bo'lganida, Maxachevni nokaut qilardi"
"Yen jangni juda yaxshi o'tkazdi, uning yuziga qarab buni ko'rdingiz, — deya Limaning so'zlarini keltiradi MMA Fighting. — O'ylaymanki, agar u biroz tajovuzkorroq harakat qilganida, Maxachevni nokaut qilishi mumkin edi. Ammo shu bilan birga, biz dunyoning birinchi raqamli jangchisiga qarshi chiqayotganimizni tushunib turgandik. Maxachev — juda kuchli jangchi.
Juda baquvvat, juda yaxshi jangchi, uning natijalari barchasini o'zi aytib turibdi. Ammo Yen Gerri bu jangda g'alabaga juda yaqin edi. SHuning uchun men revansh jangida u g'alaba qozonishiga ishonaman. Maxachev haqida yomon gapirmoqchi emasman, lekin hamma Yen qanchalik kuchli ekanini ko'rdi... Fikrimcha, Yen UFC`dagi eng aqlli jangchilardan biri. U har qanday uslubga moslasha oladi. U eng kuchli zarbachi Karlos Prates bilan, keyin esa eng kuchli kurashchi Islam Maxachev bilan jang qildi va ikkalasiga ham moslasha oldi. Ishonamanki, kelasi yili u chempionlik kamarini qo'lga kiritadi".
Takidlash joizki, Islam Maxachevning o'zi ham Gerrining chiqishiga yuqori baho berdi. "Men sportni tark etganimdan keyin u chempion bo'ladi deb hisoblayman", — dedi Maxachev irlandiyalik jangchi haqida.

Fikrlar