19 iyu 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiy: Fyuri qochayotani yo'q, u Uaylder bilan jang qiladi
Britaniyalik bokschi Tayson Fyurining murabbiyi Ben Devinson Dillian Uaytning so'zlariga munosabatini bildirdi.
"Uayt o'z fikrlarini bildirishi mumkin. Ammo shuni aytishni istardimki, Fyuri Uaytdan qochayotgani yo'q. Ahir u Uaylder bilan jang qilmoqchi.
Nima uchun Fyuri sovrin uchun ringga ko'tarilish imkoniyati bo'la turib qo'shimcha jang o'tkazishi kerak? Menimcha Uaylderga qarshi jang qiyinroq bo'ladi.
Fyuri Uaylder bilan jang qilib bo'lgan, ammo o'shanda jang qilish uchun yaxshi payt emasdi. O'shanda u o'zini yaxshi ko'rsata olgan", - dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Dillian Uayt Fyurini jangdan qochib yurishda ayblagandi.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar