So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

16 iyu 16:39
Yangiliklar

Dzyudo

Murabbiylar uchun tashkil etilgan uch kunlik mahorat saboqlari yakunlandi

O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan uch kun davomida IJFning "Maktablarda dzyudo" dasturi bo'yicha mahorat saboqlari tashkil etildi.

Xabaringiz bor, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning “Maktablarda dzyudo” dasturi tashkilotga azo barcha mamlakatlarda amaliyotga tadbiq etib kelinyapti. Jumladan, O'zbekistonda ham ushbu dastur amalda. Bugungi kunda Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi avvaldan tanlab olingan umumtalim maktablarda dzyudo to'garaklari faoliyat yuritmoqda. Ushbu maktablarda 5-12 yoshli bolalar dzyudo orqali ijtimoiy, talimiy va jismoniy ko'nikmalarni o'rganishyapti.

Uch kun davomida Zoom platformasi orqali aynan ushbu maktablarda dzyudo sir-asrorlarini o'rganayotgan bolalarning murabbiylari uchun mahorat saboqlari tashkil etildi. Uni yaponiyalik taniqli mutaxassis, terma jamoa murabbiylar shtabi azosi Tomoo Torii olib bordi. Onlayn tarzda o'tkazilgan mahorat saboqlarini O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq talimi vazirligi mutasaddilari ham kuzatib borishdi. 

Yaponiyalik murabbiy ikkinchi kungi saboqlarda tik turgan holatda samarali harakatlar evaziga raqibni engishga etibor qaratgan bo'lsa, uchinchi kuni nevaza, yani parterda ishlashga urg'u berdi. Bu borada u tatamida terma jamoa sportchilari yordamida o'zi bilgan usullarni ko'rsatib berdi.  

So'nggi kungi mashg'ulotlar bir soatga yaqin davom etdi. SHundan so'ng u murabbiylarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi. Savollar orasida yosh dzyudochilar mashg'ulotlarni och qoringami yoki to'q qoringa o'tkazgani afzalmi, koronavirus pandemiyasi paytida qanday vitaminlar istemol qilgan maqul, yakka tartibda qaysi mashqlarni bajarish kerak kabi dolzarb mavzular bor edi. Torii bu savollarga batafsil javob qaytardi. Yakka tartibda bajariladigan mashg'ulotlarni o'zi namuna sifatida ko'rsatib berdi. 

"To'q qoringa ham, juda och qoringa ham mashg'ulot o'tkazib bo'lmaydi. Miya oshqozonga buyruq beradi. Oshqozon esa taomni hazm qiladi. Taom hazm bo'lganidan keyingina mashg'ulot o'tkazish afzal bo'ladi. Sizni O'zbekiston terma jamoasining bir kuni bilan tanishtiraman. Ertalab soat ettida zalda engil mashq bajarildi. Unda asosiy etibor uxlab yotgan tanani uyg'otish uchun qaratiladi. Soat 8da notushta. Soat 10da nevaza, yani parterda bajariladigan mashg'ulotlar boshlanadi. Bu paytda tana charchamagan bo'ladi. Kunning ikkinchi yarmida esa yuklamalarga asoslangan mashg'ulotlar o'tkaziladi. Kechki ovqat va uxlash orasida ikki soat vaqt bo'lishi kerak", - dedi Tomoo.      

SHuningdek, Torii sportchilarning taomnomasiga ham alohida etibor qaratdi. Meyordan ortiqcha shakar salomatlik uchun xavfli ekani, buning natijasida tana kuchsizlanib borishini takidladi. 

"To'g'ri, shirinlik kayfiyatni ko'taradi, lekin sabrni so'ndiradi. SHakar ko'p eganlar tez charchab qoladigan insonlar toifasiga kiradi. SHakarning o'rniga oqsilga boy moddalar istemol qilish kerak. To'g'ri taomlanish ham katta bir mashg'ulot. Statistikaga etibor qaratsangiz, meyordan ortiqcha shakar sabab kasallanganlar orasida o'lim holati ko'p. Keyin tuz ham zarar. Buning natijasida tanada ortiqcha suv to'planadi. Suv miqdori ko'paysa, tana zararlanadi. Bu birinchi galda oyoqlarga tasir qiladi. Odam o'tira olmay qoladi. Vitamin va mineral, meva, sabzovotlar yaxshi. Proteinlardan qochish kerak. Noto'g'ri qabul qilingan protein dopingga sabab bo'ladi. Go'sht va baliq proteinning o'rnini bosadi. Tezroq hazm bo'ladigan taom istemol qilish kerak. Qon tomirlari toza bo'lishi juda muhim. SHaxsan o'zim musobaqadan bir kun oldin bir soat oralig'ida vitamin V va S istemol qilardim", - dedi yaponiyalik murabbiy.  

Uch kunlik mahorat saboqlari yakunida Tomoo Torii karantin tugaganidan so'ng viloyatlarga shaxsan o'zi borib, bolalar bilan birga mashg'ulot o'tkazishga vada berdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing